Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan maktablardan birida o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabarlar bo‘yicha viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi hamda Shahrisabz shahar hokimligi munosabat bildirdi.
Viloyat XTBning munosabatida yozilishicha, holat yuzasidan viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi va tegishli soha mas'ullari tomonidan ishchi guruh tuzilib, jarayonga qonuniy va huquqiy baho berilishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida to‘plangan ma'lumotlarga asosan tegishli tartibda qo‘shimcha munosabat beriladi.
«Qayd etish joizki, Qashqadaryo viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limi mudirlariga va maktab direktorlariga o‘qituvchilarni maktab obodonchiligi (majburiy mehnat) ishlariga jalb qilish yuzasidan biror-bir topshiriq berilmaganini ma'lum qilamiz», deyiladi munosabatda.
Shahrisabz shahar hokimligining munosabatida 7-maktabda o‘qituvchilar majburiy ishlatilgani yuzasidan o‘rganish olib borilgani ma'lum qilingan. Unga ko‘ra, 2021 yilning 17 may kuni 7-maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari boshlangan. Shu kuni quruvchilar tomonidan sinfxonalardagi muddati o‘tgan reklama bannerlari o‘tish yo‘liga qo‘yilgan. O‘qituvchilar va texnik xodimlar yo‘lni to‘sib qo‘ygan yengil taxtalarni chetga olib qo‘yishgan.
Ta'kidlanishicha, 7-maktab maktab direktori F.Ismatova va «Kesh grand stroy» MChJ rahbari J.Zuviriddinov, ish yurituvchi Sobir Haydarqulovlarning bergan ma'lumotnomasida ham xuddi shu holat bildirilgan.
«Hozirgi kunda mutaxassislar tomonidan ushbu holatni to‘liq o‘rganish davom etmoqda. Natijasi haqida sizlarni xabardor qilamiz», deyiladi Shahrisabz shahar hokimligi bildirgan munosabatda.
Mavzuga oid
17:51 / 12.06.2026
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgan Qarshi hokimi o‘rinbosari jazolandi
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026