Umumiy örta ta'lim taşkilotlarida inklyuziv ta'limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga köra, öquvçilarning bino içida harakatlanişi va ta'lim olişlari uçun maxsus şaroitlar yaratilgan maktablarda inklyuziv va boşlanğiç tayanç korreksion sinflar taşkil etiladi. Bunda öquvçilar birinçi sinfga 7 yoşga töladigan yilda qabul qilinadi.

Şuningdek, maktablar uçun belgilangan yoş me'yoridan ikki yilga oşgan bolalarni qabul qilişga ruxsat etiladi. Öquvçilarni mazkur sinflarga qabul qiliş hududiy xalq ta'limi boşqarmasi huzurida taşkil etilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga köra, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar roziligi bilan amalga oşiriladi.

Inklyuziv ta'lim sinflarida jami öquvçilar soni 30 nafardan oşmasligi kerak. Inklyuziv va boşlanğiç tayanç korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy taşxisdagi öquvçilar qabul qilinadi. 

Qarorga köra, inklyuziv ta'lim sinflari öqituvçilariga mehnatning alohida şaroitlari uçun har oyda tölanadigan ustama haqi quyidagiça: sinfda alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bir nafar bola uçun – lavozim maoşining 10 foizi; 2 nafar bola uçun – lavozim maoşi 20 foizi; 3 nafar bola uçun – lavozim maoşi 30 foizi; ikki va undan ortiq inklyuziv ta'lim sinflarida 4 nafar va undan ortiq bola uçun ta'lim-tarbiya işlarini olib borgan öqituvçilarga va maxsus pedagoglarga – lavozim maoşi 30 foizi miqdorida.