Rahmatulloh Sayfuddinov Toşkent şahrining yangi boş imom-xatibi etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rahmatulloh qori Sayfuddinov marhum şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning şogirdlaridan biri hisoblanadi, 2011 yilda «Yil imomi» körik tanlovi Respublika bosqiçi ğolibi bölgan.
Rahmatulloh Sayfuddinov faoliyati davomida Toşkent şahridagi «Xöja Alambardor», «Minor» jome masjidi (2014-2015 yillar) imom-xatibi lavozimlarida işlagan, Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida dars bergan, 2016 yildan şu vaqtga qadar Toşkent şahri Yunusobod tumani boş imom-xatibi va «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Bundan oldinroq, 2019 yildan buyon Toşkent şahri boş imom-xatibi bölgan Nuriddin Xoliqnazarov Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangani xabar qilingandi.








