19 oktabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qilişiça, unda taşkiliy masala körilib, Nuriddin domla Xoliqnazarov Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi.
Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka şahrida tuğilgan. 1992 yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toşkent islom institutini, 2007 yilda esa Farğona davlat universitetini tamomlagan.
Diniy sohadagi faoliyatini 1996–2004 yillarda Asaka şahridagi «Ahmadali maxdum» masjidi imom-xatibi vazifasidan boşlagan Nuriddin domla 2004–2005 yillarda Toşkent şahar Yunusobod tumani «Oqtepa» jome masjidi imom-xatibi bölib işlagan. 2004–2005 yillarda «Kökaldoş» örta maxsus islom bilim yurti mudarrisi, 2011–2015 yillarda «Sayyid Muhiddin maxdum» örta maxsus islom bilim yurti mudarrisi bölgan.
2005–2019 yillarda Özbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Toşkent şahar boş imom-xatibi lavozimida işlab kelayotgan edi.
- Eslatib ötamiz, 2006 yildan buyon Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida işlagan Usmonxon Alimov 15 avgust kuni 71 yoşida oğir xastalikdan söng vafot etgani xabar qilindi.
- Bundan avvalroq OAVda aynan Nuriddin Xoliqnazarov muftiy bölgani haqida xabarlar tarqalgan, ammo bu xabarlar rasman rad etilgandi. Kun.uz muftiy vafotidan söng rasmiy tadbirlarda asosan Nuriddin Xoliqnazarov va Musulmonlar idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov prezidentga hamrohlik qilayotganiga e'tibor qaratgandi.












