Senat yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlaşga qaratilgan qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi. Qonun bilan respublikada göşt mahsulotlari va asosiy iste'mol mahsuloti bölmiş kartoşkaga bölgan talab va narxlar barqarorligini ta'minlaş orqali aholi daromadlarini oşiriş maqsadida Soliq kodeksiga qöşimça kiritilmoqda.
“Xususan, Soliq kodeksining 483-moddasiga 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bölgan davrda göşt (mol, qöy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni söyiş mahsulotlari, kartoşka hamda muzlatilgan baliqni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, şuningdek ularni realizatsiya qiliş böyiça aylanmalar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qiliş böyiça qöşimça norma kiritilmoqda”, deb xabar berdi Senat axborot xizmati.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullangan.
Avvalroq Özbekistonda ösimlik yoği narxini barqaror saqlaş maqsadida 2021 yil oxirigaça ösimlik yoği qöşimça qiymat soliğidan ozod etilgan, biroq bu narx-navoga ta'sir körsata olmagandi.
Şuningdek, 2022 yil 1 maygaça import qilinadigan sitrus mevalar ham bojxona bojidan ozod qilingandi.
Ötgan yili ham göşt, şakar, yoğ va kartoşka QQSdan vaqtinça ozod qilingan, bu pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilgandi.












