“Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlaş va içki bozorda narxlar barqarorligini saqlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga köra, qaror bilan 2022 yil 1 maygaça qator tovarlar bojxona bojidan ozod qilindi.
Uşbu tovarlar:
- banan, plantayn (yangi yoki quritilgan) – TIF TN kodi 0803;
- yangi yoki quritilgan xurmo, anjir, ananas, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya – TIF TN kodi 0804;
- yangi yoki quritilgan sitrus mevalar – TIF TN kodi 0805;
- yangi papayya – TIF TN kodi 0807 20 000 0;
- yangi olma, nok va behi – TIF TN kodi 0808;
- kivi – TIF TN kodi 0810 50 000 0.
Şuningdek, qaror bilan göşt (mol, qöy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni söyiş mahsulotlari, kartoşka hamda muzlatilgan baliqni Özbekistonga olib kiriş, ularni sotiş böyiça aylanmalarni QQSdan ozod qilişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqiladi.
Avvalroq, qonun loyihasi 3 ta moddadan iborat bölib, Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qator asosiy qöşimça kiritişni öz içiga olgani xabar qilingandi.
Xususan, loyihada göşt (mol, qöy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda), söyişdan olingan mahsulotlarni, kartoşkani hamda muzlatilgan baliqni xorijdan Özbekistonga olib kirişda va realizatsiya qilişda QQS böyiça imtiyozlar berilişi nazarda tutilgan.

















