Senator Risqul Siddiqov yalpi majlisda Aydar-Arnasoy köllar tizimida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş masalasini kötardi.
Senatorning ma’lum qilişiça, köllar tizimining suv hajmi 1994–2000 yillarda 44 mlrd kubometr bölib, hududning umumiy maydoni 350 ming gektarga, uzunligi 250 kilometrga yetgan bölsa, «Çordara» suv omboridan 2013-2021 yillarda köllar tizimiga suv taşlanmagani bois suv hajmi qariyb 34 mlrd kubometrga tuşib qolgan. Natijada köllar tizimidagi suv sathi 2 metrga pasayib, minerallaşganlik darajasi sönggi 10 yilda sezilarli darajada oşgan. Bu esa baliqlarning urçişiga tösqinlik qilmoqda. Yillik suvlarning parlanişi 10 foizni taşkil etmoqda.
«Suv sathi pasayişi va suv tarkibi şörlanişi natijasida ayrim qirğoq böylari 15-50 metrga ortga çekinib, 15–20 sm.gaça tuz qatlami hosil bölgan. Bu esa kuçli şamol vaqtida tuzli çanglarga sabab bölmoqda, qişloq xöjaligi yerlari ekin maydonlariga va inson salomatligiga salbiy ta’sir körsatmoqda», deydi Risqul Siddiqov.
Senatorning qöşimça qilişiça, hududda baliq zaxiralarini saqlab qoliş va himoya qiliş böyiça nazorat tizimi töğri yölga qöyilmagani oqibatida noqonuniy baliq ovlaş holatlari uçramoqda. Belgilangan me’yorlar asosida baliqlantiriş, baliq mahsulotlarini qayta işlaş, ekoturizmni rivojlantiriş, suvning şörlaniş darajasini yumşatiş işlari tizimli taşkil etilmagan.
Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyev ham vaziyat jiddiy ekanini ta’kidladi.
«Masala hozir aytilganidan ham oğirroq», deydi viloyat hokimi.
U muammodan şaxsan prezident Şavkat Mirziyoyevning ham xabari borligi va şu böyiça prezident iştirokida selektor ötkazilganini, ayni damda prezident qarori loyihasi işlab çiqilayotganini ma’lum qilgan.
Yalpi majlis yakunida hukumatdan sanab ötilgan muammolarni bartaraf qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida tuşuntiriş berişni sörab parlament sörovi yuborildi.
Eslatib ötamiz, şu yilning oktyabrida Şavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi saylovoldi taşviqotida Aydar-Arnasoy köllari hududida ekologik barqarorlikni saqlaş böyiça alohida dastur amalga oşirilişini aytib ötgandi.

















