Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisida ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga berilgan QQS imtiyozlari muhokama qilindi. 2022 yilda oziq-ovqat narxlari oşib ketmasligi uçun qanday çoralar körilayotgani haqida ma’lumot berildi.
- Yanvar oyining birinçi haftasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yilda içki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlaş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlandi. Yil davomida qişloq xöjaligi sohasida içki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaş çoralari köriladi;
- 207 ming gektar qöşimça yer maydonida poliz ekinlari, kartoşka, meva-sabzavotlar, çorva mollariga yem-xaşak yetiştiriladi;
- 2021 yilda 601 ming gektar yer «Temir daftar», «Ayollar daftari»dagi fuqarolar uçun ajratilgan bölsa, bu yil mana şu yer maydoniga 81 ming gektar qöşib beriladi. Buning natijasida içki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş köpayişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasida uzoq yillardan beri joriy qilinmagan oziq-ovqat mahsulotlarining ,ayniqsa, qişloq xöjaligi mahsulotlarining zaxiralari yaratilgan. Xususan, 2021 yil yakuni böyiça jami 645 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratildi. Mana şu zaxiralar yil davomida dökonlarga çiqarilib, narx barqarorligi ta’minlanişi aytildi.
Avvalroq. yanvar oyida inflatsiya 0,9 foizni taşkil etgani ma’lum qilingandi. 2021 yilning birinçi oyi yakunlari böyiça narxlar va tariflar ösişida yetakçi örinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, örtaça 1,3 foizga oşdi.







