Ösimlik yoği narxi keskin oşib borayotgani sababli, holatning oldini oliş maqsadida «Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojni ta'minlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qonun qabul qilindi. Unga köra, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar mamlakat hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş va ösimlik yoğini işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça mablağlar aylanmasi qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilindi.
Xöş, körilgan bu çora oqibatida mamlakatda ösimlik yoği narxi barqarorlaşdimi? Raqamlarga murojaat qilamiz.
9 may holatiga köra, Toşkent şahri va viloyatlarda ösimlik yoğining narxi minimal 16-17 ming söm, maksimal 21-23 ming atrofida. Kuzatuvlarga köra, ösimlik yoği arzonlaşmayapti.
Davletov.uz kanalining yozişiça, ösimlik yoği avvalgi mexanizm, ya'ni mahallalarni işga solgan holda tarqatilyapti.
«Ösimlik yoğiga QQS bekor böldi, lekin nega yoğ narxi tuşmayapti, deb söraşmoqda.
Özbekistonda mahalla, amaldorlarning fikriça, aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaşda muhim institut hisoblanadi. Yaqin ötmişda ham mahalla orqali yoğ, un va boşqa birlamçi oziq-ovqat mahsulotlari qat'iy belgilangan narxlarda tarqatilar edi.
Yozişlariça, yoğ narxining oşişi ortidan yana öşa mexanizm qöllanmoqda. Masalan, Buxoro viloyatida belgilangan grafik asosida barça mahallalarda paxta yoğining 1 litri 12000-13000 sömdan sotilayotgan ekan. Kungaboqar yoği esa 16000 söm», – deb yozdi u.
Şuningdek, yaqinda kuçga kirgan qonunga köra, ösimlik yoği QQSdan yil oxirigaça ozod qilingan. Lekin buning samarasi hozirça sezilgani yöq. Bozorlarda yoğ bahosi hamon yuqoriligiça qolayotgani qöşimça qilingan.
Iqtisodçi Otabek Bakirov ösimlik yoğiga QQSni bekor qilinişi xalqqa yoqadigan populistik taşabbus bölgani haqida yozadi.
«Ösimlik yoğiga QQS bekor bölişi yoğ narxini pasaytiradi, deb kim aytgan edi?
Raqobatli bölmagan, vertikal va gorizontal oligopol bozorlarda, taklif oşmayotgan va spekulyatsiya şaroitlarida QQSning pasaytirilişi sotuvçi va vositaçilarning marjinalligini, ya'ni daromadini oşirişga xizmat qiladi, xolos. Ha, qisqa muddat narxlar ösişdan töxtab turadi (öşa 15 foizlik farq utilizatsiya bölgunça).















