Foto: Senat.uz  

Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi tomonidan Jizzax, Surxondaryo, Farğona, Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahrida reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar hamda gödaklarga körsatilayotgan tibbiy yordam holati örganilganda qator muammolar aniqlangan.

Senator Manzura Salimovaning aytişiça, 2019–2023 yillarda homilador, reproduktiv yoşdagi ayollar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşiriş va kölamini kengaytirişga yönaltirilgan çora-tadbirlar dasturida belgilangan köplab vazifalar öz vaqtida bajarilmagan. Masalan, perinatal markazlarga şoşilinç perinatal mobil navbatçi reanimatsion brigadalarni taşkil etiş uçun zarur maxsus uskunalar bilan jihozlangan reanimobillar xarid qilinmagan va ştat birliklari ajratilmagan.

Yalpi majlisda, şuningdek, mahallalarda yaşayotgan ayollar uçun oilaviy poliklinikalar va tibbiyot markazlarida “Ayollar maslahatxonalari” va “Ösmir qizlar markazlari” kabi xizmatlarni taşkil etiş hamda reproduktiv yoşdagi har bir ayolni qamrab oliş darajasi past ekani, respublikaning barça hududlarida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tibbiy körikdan ötkaziş holati qoniqarsizligi tanqid qilindi.

“Buxoro viloyatida 2 144 nafar, Jizzax viloyatida 2 833 nafar, Navoiy viloyatida 3 957 nafar, Samarqand viloyatida 10 048 nafar hamda Xorazm viloyatida 6 062 nafar ayol tibbiy körikdan ötkazilgan bölsa-da, ularni töliq soğlomlaştiriş çoralari körilmagan.

Jizzax, Navoiy Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari perinatal markazlarida neonatolog