Kuz-qiş mavsumi kelişi bilan aholida uyni isitiş taşvişi paydo böladi. Bunda xonadon egalari turli uskunalar va peçkalardan foydalanişadi.

Qiş davomida hunarmandlar tomonidan tayyorlangan tunuka va çöyan peçkalar, elektr quvvati bilan işlaydigan uskunalar, çet elda işlab çiqarilgan, zamonaviy, narxi nisbatan qimmat isitiş vositalari rosa xaridorgir böladi.

Biz Andijon şahrida yaşovçi Qobiljon Musayevning xonadonida bölib, uning yangi işlanmasi – kam energiya sarflab, katta issiqlik çiqaradigan peçka bilan tanişdik.

Ixtiroçi Andijon davlat universiteti fizika fakultetini bitirgan. Yoşligidan texnikaga mehr qöyib, turli ixtirolar qilişga qiziqadi. Butun dunyoda olib borilayotgan fizika sohadagi yangiliklarni kuzatib boradi. Hozirda 36-DIMIda fizika fanidan dars berib kelmoqda.

“Qiş kelişi bilan uy isitişda muammolar paydo böladi. Odamlar odatda tabiiy gaz bilan, elektr energiyasi vositasida isitişga harakat qiladi. Lekin hammamizga ma'lum, elektr energiyasi öçib qolişi mumkin; qolaversa, qişda tizimlarga katta yuklaniş tuşişi tufayli tokning işçi kuçlanişi pasayib ketişi bor. Undan taşqari, elektr tannarxi qimmat. Tabiiy gaz esa muammo.

Aholimiz kömir, ötin kabi odatiy yoqilğilar bilan uy isitişga harakat qiladi. Kömirdan foydalaniş ança noqulay va xavfli: undan is gazi çiqişi mumkin, foydalanişda ham birmunça ovoragarçiliklar kerak. Uning ustiga, yaxşi sifatli kömir ança qimmat turadi.

Şu tufayli biz öylab-öylab, siqilgan, suyultirilgan, propan gazga moslaşişga qaror qildik. Takomillaştirilgan qurilmamizni beş yildan beri işlab çiqib, birinçi prototipini, ya'ni modelini yiğişga erişdik”, – deydi Qobiljon Musayev.

Qahramonimizning aytişiça, beş yil oldin bozorda sotilayotgan, çet elda yasalgan namunalarni örganib çiqib, özi mustaqil yangi peçka yasaşga harakat qilgan. Birinçi namuna loyihasini sinovdan ötkazgan, ammo loyihada köpgina kamçiliklar çiqqan.