Ettela'at-e Rooz nashrining xabar berishicha, otishma oqibatida 7 nafar bola, 3 nafar ayol va 7 nafar erkak, jumladan toliblar halok bo‘lgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, otishma soat 11:40 da boshlangan va 2 soatdan ko‘proq davom etgan. Uning davomida og‘ir qurol ham qo‘llangan. Manbalar toliblarga qarshilik ko‘rsatganlar orasida IShID tarafdorlari ham bo‘lganini ma'lum qilgan. Biroq hozircha bu ma'lumot tasdiqlanmagan.
Mahalliy politsiya toliblarga qarshi 4 kishi otishma olib borgani, ularning barchasi o‘ldirilganini ma'lum qilgan.















