Toşkent şahar ma'muriy sudi raisi Uluğbek Almamedovning ma'lum qilişiça, 2021 yilning 9 oyi davomida poytaxt sudlarida quyidagi ma'muriy organlar mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş böyiça işlar nisbatan köproq körilgan:

1. Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan 443 ta iş körilgan. Şundan 406 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasi rad etilgan, 10 tasi körmasdan qoldirilgan, 8 tasi iş yuritişdan tugatilgan;

2. Davlat soliq organlari mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan 353 ta iş körilgan. Bunday arznomalarning 209 tasi qanoatlantirilgan, 78 tasi rad etilgan, 56 tasi iş yuritişdan tugatilgan, 10 tasi körmasdan qoldirilgan. DSI bilan 2 marta QQS masalasida uçraşuv ötkazilgan;

3. Hokimiyat mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş va hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan 345 ta iş körilgan. Şundan 138 tasi qanoatlantirilgan, 148 tasi rad etilgan, 25 tasi körmasdan qoldirilgan, 34 tasi iş yuritişdan tugatilgan (yer uçastkalarini olib qöyiş, kompensatsiya masalalarida);

4. Majburiy ijro byurosi markaziy va hududiy idoralari mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş, ular tomonidan çiqarilgan qarorlarni haqiqiy emas deb topiş bilan boğliq 149 ta iş körilgan bölib, şundan 40 tasi qanoatlantirilgan, 61 tasi rad etilgan, 34 tasi iş yuritişdan tugatilgan, 14 tasi esa körmasdan qoldirilgan;

5. Adliya organlari (intellektual mulk agentligi, notarius, FHDYo, davlat xizmatlari agentligi va b.) mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan 65 ta iş körilgan. Şundan 36 tasi qanoatlantirilgan, 22 tasi rad etilgan, 4 iş yuritişdan tugatilgan, 3 tasi körmasdan qoldirilgan.

Uluğbek Almamedovning qöşimça qilişiça, hukumat qarorlarini haqiqiy emas deb topiş böyiça işlar ham körilmoqda: «Bugungi kunda ma'muriy sudlarda hattoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari yuzasidan ham sudlaşiş uçramoqda. Ham jismoniy, ham yuridik şaxslar bevosita boş vazir tomonidan çiqarilgan u yoki bu qarorlarni ham haqiqiy emas deb topiş töğrisidagi talablarni qöymoqda. Ha, amaliyotda bunday işlar ham körib çiqilmoqda», deydi Toşkent şahar ma'muriy sudi raisi.