Körilayotgan çora-tadbirlarga qaramay, “Toqtogul” suv omborining suv sathi “ölik çegara” darajasigaça tuşişi ehtimoli bor, deb ma'lum qildi Qirğiziston energetika va sanoat vaziri örinbosari Taalaybek Ibrayev.

Uning sözlariga köra, bu holat mintaqada kelgusi yil vegetatsiya davriga muvaffaqiyatli ötişga imkon bermaydi hamda “Toqtogul” suv omboriga tutaş daryolar oqib ötadigan Qirğiziston hududi va qöşni mamlakatlarga salbiy ta'sir qiladi.

Taalaybek Ibrayev bu haqda Bişkekda bölib ötgan Markaziy Osiyo Birlaşgan energetika tizimi Elektr energetika muvofiqlaştiruvçi kengaşining yiğilişida ma'lum qildi.

“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xabar qilişlariça, “Toqtogul” suv omborida suv sathining keskin kamayişi energiya taqçilligi bilan birga, Özbekiston suğoriş tizimlarida ham tanqislikni yuzaga keltiradi.

Yiğilişda energoresurslar tanqisligi va ularning tannarxi keskin oşib borayotgani muhokama qilingan.

9 ta masala körib çiqilgan ilmiy-amaliy kengaş yiğilişda Qirğizistonning “Qirğiziston MET” OAJ, Özbekistonning “Özbekiston MET” AJ, Qozoğistonning “KEGOC” AJ, Tojikistonning “Barki Toçik” OAJ xolding kompaniyasi rahbarlari va soha mutaxassislari qatnaşgan.

Kengaş işida, şuningdek, Qirğiziston Energetika va sanoat vazirligi, Qirğiziston Milliy energetika xoldingi, “Elektr stansiyalari” AJ hamda Rossiya Federatsiyasining “Yagona energiya tizimining tizim operatori” AJdan vakillar ham iştirok etgan.

Ma'lumot uçun, Markaziy Osiyo davlatlari elektr energiya tizimi özaro muvofiqlikda faoliyat yuritadi, şu bois bir mamlakatda sodir bölgan yirik avariyalar bir lahzada boşqa davlatlar elektr ta'minotida seziladi. Şu bilan birga, özaro boğliq iş faoliyatiga ega mintaqaning elektr energetika tarmoği bir-birini qöllab-quvvatlaş, yirik avariya holatlarning oldini olişga kömaklaşiş imkoniga ham ega.

Toşkentda mintaqadagi elektr ta'minoti barqarorligini ta'minlaş bilan şuğullanuvçi “Energiya” nomli muvofiqlaştiruvçi dispetçerlik markazi joylaşgan.

Toqtogul suv ombori haqida:

  • Qirğizistonning Jalolobod viloyatida joylaşgan, umumiy maydoni 284 km²;
  • Norin daryosiga Toqtogul GES plotinasi quriş orqali hosil qilingan, siğimi 19,5 km³;