Özbekiston IIV, Qoraqalpoğiston IIVning körsatmalariga asosan 2 noyabr kuni Amudaryo tumanida “Xavfsiz tun” reyd tadbiri ötkazildi. Tegişli taşkilotlardan jami 99 nafar xodim tumanda 6 ta ma'muriy hududga bölingan holda 5 ta yönalişda iş olib borgan. Bu haqda Amudaryo tumani IIB HPB boşliği Orifjon Qosimov xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, Manğit şahrida ötkazilgan reyd tadbirlari davomida Tadbirkorlar köçasi 106-uyda bir guruh şaxslar qimor öyini öynab ötirgan holat aniqlangan. Ulardan 968 ming söm pullar daliliy aşyo sifatida olingan. Qimor öyini iştirokçisi Ç.Q.ning çöntagida ötkir tiğli oşxona piçoği ham borligi ma'lum bölgan.
Bundan taşqari, tungi soat 23:00lardan söng Manğit şahri hududidagi köngiloçar maskanlar nazorat qilinganida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar bilyard öynayotgani aniqlangan. Şu vaqtning özida maskan egasiga voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda öynaşlariga yöl qöygani uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddalariga asosan bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, şahar köçalarida spirtli içimlik içib, mast holda şovqin kötarib, aholi tinçligini buzib yurgan 2 nafar fuqaro aniqlangan. Ular xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaganlari uçun tuman IIB binosiga olib kelinib, hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Reyd tadbirida 11 nafar YPX xodimlari yöllarda avtotransportda harakatlanişda 98 ta qoidabuzarliklarni aniqlaşgan. Şuning 3 tasi mast holda transport vositasini boşqariş, 27 tasi tegişli hujjatlarga ega bölmay transport boşqariş, 68 tasi turli yöl harakati qoidalariga amal qilmay transport boşqariş holatlaridir.












