Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati izoh berişiça, 2021 yilning 6 noyabr kuni soat 22:30 larda Toşkent şahar Çilonzor tumanida joylaşgan Magic City köngiloçar dam oliş maskanida gaz töldirilgan şarlarni sotuvçi yigitlar 2000 yilda tuğilgan U.D., 2002 yilda tuğilgan A.X., 2003 yilda tuğilgan I.U., 2004 yilda tuğilgan M.T. noqonuniy savdo qilayotgani uçun majmuaning qöriqlaş xizmati xodimlari tomonidan çiqarib yuborilayotganda ular örtasida özaro janjal yuz bergan.
Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.
Şuningdek Çilonzor tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatildi.











