Ijtimoiy tarmoqda Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida şifoxona xodimlari tuman tibbiyot birlaşmasi hovlisini tozalaşda işlatilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mehnat vazirligi holat böyiça munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinişiça, Yakkaboğ tumanida şifoxona xodimlari tuman tibbiyot birlaşmasi hovlisini tozalaşda işlatilgani aytilgan xabarlar böyiça Qaşqadaryo viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganiş ötkazilgan.

«Örganiş davomida Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari Yakkaboğ tuman tibbiyot birlaşmasi xodimlaridan tuşuntiriş xatlari olganda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar xabarga aloqador emasligi hamda xodimlarni obodonlaştiriş işlariga jalb qiliş böyiça rahbariyat tomonidan topşiriq bölmaganligini bayon qilişdi. Yuqoridagilarga muvofiq, postda körsatib ötilgan vajlar öz tasdiğini topmadi», deyiladi munosabatda

Qayd etilişiça, iş beruvçilarga Mehnat kodeksining 7 va 157-moddasi talablariga rioya etiş yuzasidan tegişli körsatma hamda tuşuntirişlar berilgan.