Tribuna.uz manbasi xabariga köra, «Şerif» klubi hujumçisi 10 noyabr kuni Katanets murabbiyligida maşğulotlarda iştirok etgaç, bugun, 11 noyabr kuni ertalab milliy jamoa ixtiyorini tark etgan. Hujumçining milliy jamoa yiğinini tark etişi jarohat bilan boğliqmi yoki boşqa sababmi – noma'lum.
ÖFA matbuot xizmati xabariga köra, Yaxşiboyev jarohati sababli özini noqulay his qilgan.
«Jasurbek Yaxşiboyev milliy jamoa maşğulotlariga kelib qöşilgan edi. U yiğinga eski jarohati bilan kelgan va özini noqulay his qilgan. Tekşiruvlar natijasiga köra, uning Gruziyaga qarşi uçraşuvni ötkazib yuborişi ma'lum böldi», - deyiladi ÖFA xabarida.
Jasur Yaxşiboyev Katanets qöl ostidagi oktabr oyida Iordaniyada ötkazilgan yiğinga ham kelmagandi. Öşanda futbolçining «Şerif» klubi safida olgan jarohati bunga sabab bölgani haqida aytilgan. Sentabr oyida Şvetsiyada ötgan dastlabki yiğinda esa Yaxşiboyev çaqiruv olmagandi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston milliy jamoasi dastlab Toşkentda, keyinçalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida öquv-maşğulot yiğini ötkazadi. Xorijdagi yiğin doirasida 15 noyabr kuni Gruziyaga qarşi örtoqlik öyini belgilangan. Uçraşuv Gori şahridagi «Tengiz Burjanadze» stadionida soat 19:00da boşlanişi rejalaştirilgan.













