Joriy yilning 25 sentyabr kunidan boşlab Eron va Pokistondan olib kirilayotgan kartoşka mahsulotlarida Özbekiston hududi uçun karantin ahamiyatiga ega xavfli zararli organizmlar – oltinrang va nimrang nematodalar bilan zararlaniş holatlari tizimli ravişda aniqlanmoqda. Bu haqda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi xabar bergan.

Oltinrang va nimrang nematodalar kartoşka yoki boşqa turdagi poliz ekinlari hosildorligini 80-90 foizgaça yöq qiluvçi xavfli organizm sanaladi. Nematodalarning butun dunyo miqyosida qişloq xöjaligi ekinlariga yillik zarari 100 milliard dollardan ortişi hisoblab çiqilgan.

Respublika hududida 86,529 ming gektar kartoşka, 24,591 ming gektar pomidor, 12,7 ming gektar qalampir va 137 ming gektar poliz ekinlari yetiştirilayotgani inobatga olinsa, xavf kölami yanada yaqqol namoyon böladi, deyiladi agentlik xabarida. Nematodalarga qarşi kuraşişda samarali kimyoviy vosita mavjud emas. Zararkunandalar tarqalgan hududda 30 yilgaça kartoşka va poliz ekinlarini yetiştirib bölmaydi.

Joriy yilning avgust oyidan bugungi kunga qadar respublika hududiga 110 ming tonna iste'mol kartoşkasi olib kirilgan bölib, şundan 104 ming tonna mahsulotga talablarga muvofiqligi töğrisida fitosanitar sertifikatlar taqdim etilgan. Nematodalar aniqlangan iste'mol kartoşka mahsulotining 3 525 tonnasi (3,2 foiz) eksportyor davlatga qaytarilgan. 775 tonna mahsulot esa (0,7 foiz) tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qaytariş imkoniyati yöqligi tufayli maxsus obektlarda yöq qilingan.

Agentlik 2021 yil Eron va Pokistonga Özbekiston fitosanitariya talablarining buzilişi holatlari yuzasidan e'tiroznoma yuborgan. Pokiston barça kasallik aniqlangan yuklarning fitosanitar sertifikatlarini örganib çiqib, ularning qalbakilaştirilganini ma'lum qilgan.

Pokistondan olib kelinayotgan iste'mol kartoşkasi Afğoniston hududida qayta taqsimlanib, boşqa davlatlar (jumladan, Hindiston) kartoşkalari bilan aralaştirilayotgani, mazkur kartoşka iste'mol uçun emas, balki ozuqa yem sifatida foydalaniladigan kartoşka ekani töğrisida ham xabarlar mavjud.