Golland rassomi Vinsent Van Gog 1888 yilda çizgan «Buğdoy ğarami» peyzaji Christie's auksionida 35,8 mln dollarga sotildi.
Rassomning vafotidan söng surat uning ukasi Teo ixtiyoriga ötgan. 1913 yilda suratni Germaniyada yaşagan yahudiy sanoatçisi Maks Meyrovskiy sotib olgan. U keyinçalik suratni sotib, mamlakatni tark etgan.
1940 yilda natsistlar Parijga bostirib kirgan vaqtda surat Fransiyada yaşagan bankir Aleksandrin de Rotşild kolleksiyasida bölgan. Uruşning ilk yilida de Rotşild Şveytsariyaga qoçib ketgan. Natsistlar uning kolleksiyasini musodara qilgan.
1978 yilda «Buğdoy ğarami»ni texaslik neft magnati Edvard Loxrij Koks sotib olgan.
Christie's auksionida Van Gogning yana ikki asari 46,7 mln va 71,4 mln dollarga sotildi. Uning uçta asari qiymati qariyb 154 mln dollarni taşkil etdi.









