Tasavvur qiling, siz köp yillar mobaynida işonib yurgan ma'lumot qaçondir asli yöq ekani oydinlaşsa. Quyidagilar aynan şu haqda. Köpçilik ularni aynan biz bilgandek qabul qilişgan, biroq endilikda ularning haqiqatga yaqinligi şubha ostiga qöyilmoqda.
1. Napoleon va Qohira Sfinksining burni

Qohiradagi maşhur Sfinksning e'tiborli jihati uning buzilgan burni hisoblanadi. Köp yillar davomida haykalning bu qismi Napoleonning 1789 yili turklar bilan jangi çoğida artilleriya öqidan vayron qilingani ta'kidlab kelinardi. Afsonani Frederik Norden çizgan surat inkor etadi. U 1737 yili sfinksni burunsiz tasvirlagan.
2. Van Gog va kesilgan quloq

Quloğining kesilgani bilan boğliq voqea Van Gog maşhurligiga hissa qöşdi. Keng tarqalgan da'voga köra, rassom sevgilisining quloğini kesib olgan. Aslida esa hammasi Gogen bilan sen-menga borib qolgandan keyin yuz bergan. Öşanda, Van Gog unga piçoq bilan taşlangan. Şundan söng, rassom özidan jahli çiqib quloğini kesgan. Biroq köpçilikning fikriça, bu şunçaki köp içib yuborganning oqibati bölgan.
3. Vikinglarning şoxli dubulğasi

Biz vikinglarni şoxli dubulğalarni kiyib olgan kişilar sifatida tasavvur qilamiz. Aslida, arxeologlar bu jangovar xalqing dubulğalari qanaqa şaklda bölganini umuman bilmaydi. Olimlarning taxmin qilişlariça, vikinglar şoxli dubulğalardan diniy marosimlarini ötkazişda foydalanişgan.
4. Stounxendj











