Zamonaviy televizor – nafaqat teleefirlarni qabul qiliş uçun tyunerli oddiy devays emas, balki endilikda u uy kinoteatri asosi, qulay veb-syorfing uçun katta displey, geymerlar uçun monitor hamda intererni bir qismiga ham aylandi. Agarda siz sifatli tasvir va kuçli ovozga ega munosib modellarni izlayotgan bölsangiz, yangi LG OLED televizorlariga e'tibor qaratişingizni maslahat beramiz.
LG OLED ekranlarining asosiy farqi – bu öz-özini yorituvçi piksellar bölib, çuqur qora rangni hosil qilişga qodir hamda har bir rang asl tasvir rangi bilan töliq mutanosib bölgan 100 foiz yoruğlik uzatiş aniqligini ta'minlaydi. Şu tariqa suratning yuqori sifati va panelning minimal qalinligi intereringizda katta örinni egallamaydi.
OLED televizorlarining rang-barang turlari tufayli siz doimo kerakli modellarni tanlaş imkoniga egasiz. Tez orada Özbekistonda quyidagi modellar paydo böladi: 65 dyuym diagonalli LG G1, 55-77 dyuym diagonalli LG C1 va 55 dyuym diagonalli LG A1 televizorlari. Xarid davomida töğri tanlov qiliş uçun, keling birgalikda ular bir-biridan qanday farq qilinişini qörib çiqamiz.
LG OLED G1
Birinçi örinda, uşbu modelda OLED-televizorlari evolyutsiyasida yangi qadam deb ataş mumkin bölgan OLED evo yangi texnologiyasi mavjudligini qayd etib ötiş kerak. U maksimal yorqinlikni 20 darajaga kengaytirişga imkon beradi. Yangi Alpha 9 törtinçi avlod (α 9 Gen 4 AI) protsessori bilan birgalikda u tasvirning yaxşilangan qayta işlanmasi hamda qoyilmaqom detallaştirişni ta'minlab beradi va tomoşa qiliş jarayonidan oladigan taassurotlarni yangi bosqiçga olib çiqadi. Uy kinoteatrini olişni niyat qilganlarga bu modelni örganib çiqişni tavsiya qilamiz.

Uning yana bir inkor qilib bölmas afzalligi şundaki, LG G1 Gallery butunlay tekis orqa panelli qalinligi bor-yöği 2 santimetr bölgan ultra nozik ekranga ega. Bu tufayli u xuddi çiroyli kartinani yaratib, butun xonaga joziba bağişlagan holda devorga ideal tarzda mos tuşadi. Televizor töplam içida birga keluvçi maxsus kronşteyn yordamida qoqiladi.
LG OLED S1
C1 seriyali televizorlarda şuningdek α 9 Gen 4 protsessori mavjud. Tasvir va ovozni qayta işlaş sun'iy intellekt yordamida avtomatik tarzda amalga oşadi. Al Picture Pro texnologiyasi kontentni taniy oladi, şovqin darajasini pasaytiradi va kontrastni optimallaştiradi, bu esa öz navbatida LG televizorlarining hattoki eng katta ekranlarida ham yanada tiniq va detallaştirilgan tasvirni yaratişga imkon beradi.














