Samsung simsiz quloqçinlari foydalanuvçilari quloqlarida muammolar paydo bölganidan şikoyat qilmoqda, deb xabar berdi Sammobile portali.
Xabarda aytilişiça, ayrimlarda allergiya bilan birga yuqori harorat kuzatilgan, ayrimlar esa teri infeksiyasi bilan şifoxonaga murojaat qilgan.
Foydalanuvçilarning taxminlariga köra, bunga quloqçin korpusini tayyorlaşda işlatilgan akrilat va uni quvvatlaydigan kontaktlarning nikeldan tayyorlangani sabab bölmoqda.
Samsung jabrlangan foydalanuvçilarga Galaxy Buds Pro quloqçinlari uçun tölagan pullarini qaytarib berişni va tibbiy xarajatlarni qoplab berişni taklif qilgan.
















