«Toşşahartransxizmat» jamoat transportida tegajoğlik holatlarining oldini oliş maqsadida yangi loyihani amalga oşirmoqda.

Toşkent şahrida faoliyat olib boruvçi jamoat transportlarida tegajoğlikka duç kelganda xabar beruvçi tugmalar örnatildi. Bundan taşqari 25 noyabr –Xalqaro ayollarga nisbatan tegajoğlikni bartaraf qiliş kuniga bağişlab, tegajoğlikka yöl qöymaslik yozuvi aks etgan yangi namunadagi çiptalar çiqariladi. Bu haqda bloger Aziza Umarova öz sahifasida ma'lum qildi.

Foto: Toşşahartransxizmat

Umarovaning yozişiça, uşbu loyiha sönggi vaqtlarda jamoat transportida tegajoğlik holatlari köpaygani munosabati bilan amalga oşirilmoqda. Joriy yilning avgust oyida aholining turli yoşdagi qatlamlari örtasida jamoat transportida tegajoğlik holatlari yuzasidan maxsus sörovnoma ötkazilgan. Sörovnomada 100 ga yaqin insonlar iştirok etgan (77,5 foizi ayollar, 22,5 foiz erkaklar).

Sörovnoma yakunlariga köra, iştirokçilarning 12,5 foizi doimiy ravişda, 40 foizi esa bir yoki ikki marta jamoat transportlarida şu kabi holatlardan jabrlangan. Şuningdek, iştirokçilarning 60 foizi tanişlari şunday holatlarning qurboniga aylanganini ma'lum qilgan. Sörovnoma iştirokçilarining 87 foizi bu muammoni juda dolzarb deb hisoblagan. 93 foiz iştirokçi tegajoğlikning oldini oliş uçun işlatiladigan çora-tadbirlar haqida tuşunçaga ega emasligini aytgan.