O‘zbekiston | 07:51 / 19.11.2021
6724
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga tashrif buyuradi 

O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi yaqin vaqt ichida yakunlanadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi» hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashqi ishlar vazirining qayd etishicha, ushbu hujjatni imzolash O‘zbekiston prezidentining 2022 yilda Bryusselga bo‘lajak tashrifi doirasida rejalashtirilgan. 

«Insoniy o‘lchov, demokratik islohotlar, inson huquqlari, diniy erkinliklar, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda.

Aytishim mumkinki, biz kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tayyorlashda yutuqlarga erishdik. Kelgusi yil prezidentimizning Bryusselga bo‘lajak tashrifi chog‘ida hujjatni imzolashni rejalashtirgan holda, bitim loyihasini yaqin vaqt ichida yakunlaymiz», dedi Abdulaziz Komilov.

TIV rahbari, shuningdek, siyosiy kun tartibida Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikni davom ettirish uchun kelajakda muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab masalalar mavjudligini ham ta’kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid