
AQŞning Viskonsin ştati, Uokeşo şahrida rojdestvo paradi vaqtida maşina odamlar ustiga yurişi oqibatida beş kişi halok böldi, önlab kişilar jarohatlandi.
Reuters’ning yozişiça, gumonlanuvçi qölga olingan, uning maşinasi ham topilgan. Voqea sodir bölgan köça atrofidagi muassasalar yopib qöyilgan. Holat böyiça suriştiruv olib borilmoqda.
Amerika naşrlari politsiyadagi manbalariga asoslangan holda yöltanlamas rulida Miluokida yaşovçi 39 yoşli kiçik Darrel Edvard Bruks bölganini xabar qilgan. Politsiya BBC’ning bu ma'lumot yuzasidan aniqlik kiritişni sörab yöllagan söroviga javob bermagan.
Milwaukee Journal Sentinel gazetasining yozişiça, Bruks atigi ikki kun oldin garov evaziga hibsdan ozod qilingandi - u zöravonlik va kaltaklaş holati uçun qamoqqa olingan bölgan.
Fojia yakşanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 16:30da Uokeşoda röy bergandi. Avtomobil tösiqni buzib ötgan va orasida köplab bolalar ham bölgan odamlar ustiga yurgan.
Politsiya zobitlari haydovçini töxtatişga uringan va avtomobilga qarata öq uzişgan. Ammo u rulni parad iştirokçilari tomon burgan, ular maktab orkestrini kuzatişayotgandi.
Politsiya bu hodisani terakt deb hisoblamayapti. Tekşiruvlar jarayonidan xabardor bölgan Amerika huquq-tartibot organlari vakillari CBS telekanaliga gumonlanuvçi katta ehtimol bilan boşqa bir hodisa joyidan - piçoqbozlik röy bergan joydan qoçayotgan bölgan.
Jabrlanuvçilar orasida maktab orkestri a'zolari va raqqoslar guruhi vakillari bor.
Guvohlardan biri tösiqlardan ötib kelayotgan yöltanlamasni körgani, keyin haydovçi parad iştirokçilari ötayotgan yölga burilganini aytgan. «Biz uylar orasida turgandik va haydovçi pedalni oxirigaça bosib, katta tezlikda parad marşruti böylab harakatlanganini kördik. Keyin baland ovoz va maşina urib ketgan odamlarning qiçqiriqlari eşitildi», deydi Milwaukee Journal Sentinel naşriga şahar kengaşi a'zosi Anjyelito Tenorio.

«Men odamlar öz farzandi ismini aytib baqirayotganini eşitdim», deydi CNN muxbiriga bergan intervyusida parad ötkazilgan joy yaqinida yaşovçi guvohlardan biri.








