Prezident “Orolböyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Belgilanişiça, 2022 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvargaça Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qişloq xöjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub'yektlari uçun:

  • foyda soliği, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça örnatilgan soliq stavkalari 1 foiz etib belgilanadi;
  • mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkalarini mazkur soliqlar böyiça hisoblangan summadan 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Şuningdek, 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargaça Xorazm viloyatining Tuproqqal'a, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida yangi taşkil etiladigan va şu tumanlarda röyxatdan ötgan holda faoliyat körsatadigan tadbirkorlik sub'yektlari (klasterlar bundan mustasno) böyiça:

  • foyda soliği, yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi;
  • ular tomonidan belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxat böyiça Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan öz işlab çiqariş (xizmat körsatiş) ehtiyojlari uçun olib kiriladigan xomaşyo, materiallar bojxona bojidan ozod qilinadi.

Şuningdek, Xorazm viloyatida yangi barpo etilayotgan boğlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarga, daraxtlarning qator oralaridan qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş uçun foydalanilişidan qat'i nazar, yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini tölaş böyiça imtiyozli davr beş yil etib belgilandi.

Farmon bilan Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişdan ortda qolayotgan va işsizlik darajasi yuqori bölgan 98 ta mahalla uçun 2022-2026 yillar davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida “mahallabay” işlaş tizimini joriy etiş maqsadida