Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga köra, 2021 yilning oktabr oyida aholi örtasida avtomobil oldi-sotdisi böyiça şartnomalar soni joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 32,6 foizga oşgan. Şuningdek, 2020 yil oktabr oyi bilan taqqoslaganda ösiş 10 foizni taşkil qilgan.
Avtomobil bozorining sezilarli ösişi asosan ikkilamçi bozorda savdo hajmi ösişi bilan izohlangan. Oktabr oyida 50,1 ming dona avtotransport vositalari sotilgan bölsa, sentabr oyida uşbu körsatkiç 40,3 ming donani taşkil etdi (ösiş – 24,3 foiz).
Şuningdek, birlamçi avtomobil bozorida ham sezilarli jonlaniş kuzatilgan. Oktabr oyida 20,6 mingta yangi avtomobil sotilgan, bu esa sentabr oyidagi körsatkiçga nisbatan 58,5 foizga köproq.
Hududlar kesimida eng yuqori ösiş sur'atlari Surxondaryo (60,4 foiz), Navoiy (55,9 foiz), Buxoro (53,4 foiz) va Toşkent (50,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Ma'lumot uçun, yanvar-oktabr oylarida respublika böyiça 152,2 ming dona yangi yengil avtomobillar, şundan 9,9 ming dona yoki 6,5 foiz çet elda işlab çiqarilgan avtomobillar röyxatga olingan.













