Ma'lumot uçun, Kamronbek Osimjonov – Toşkentdagi xalqaro Vestminster universitetining 3-bosqiç talabasi. U dasturlaşga qiziqişi video öyinlardan boşlanganini aytadi.
Video öyinlar va dasturlaşga ilk qadam
— Video öyinlar orqali pul işlaş fikri tuğilganda dasturlaşga qiziqiş paydo bölgan.
Bilsangiz, öyinlarda nimadirni sotib oliş uçun pul sarflaş kerak böladi. Şunda öyinlardan pul işlasa bölar ekan, deb öylaganman. Odamlar yotib olib öyin öynab pul tölaydi, demak bunday öyinlar pul olib kelişini tuşunganman. Menda ham şunday öyinlar yaratiş fikri tuğilgan.
Dadamga şunaqa niyatim borligini aytib, ustoz topib berişlarini söraganman. Ustozim Ruslan Yöldoşev boşlanişiga bunday öyinlar yaratiş murakkabligini, buning uçun sal osonroğidan boşlaşim kerakligini aytgan. Boşlanişiga Telegram'da botlar yaratişni örganganman. Oddiyroq botlar, masalan, ob-havo ma'lumotini körsatadigan botlarni yaratganmiz. Ustozim bilan Instagram, YouTube, Snapçat'dan yuklaydigan botlar qilganmiz.

Karantin paytida TikTok rivojlanişni boşladi va u yerdan videolarni yuklaydigan oddiy bot yaratdim. Keyinçalik foydalanuvçilar orasida eng köp maşhur bölgan botim – @Tsavebot TikTok'ning “suv belgisi”ni olib taşlaydigan bot edi. Oddiy tilda aytganda, bot TikTok tarmoğidagi istalgan videoni, uni yuklagan TikTok foydalanuvçisining yuzerneymi va TikTok belgisini olib taşlagan holda yuklaş imkoniyatini beradi. Köpçilikka videolardagi bu “suv belgisi” yoqmaydi va uni olib taşlaşni xohlaydi.
Bunga qadar 2ta Telegram-kanalim bor edi: qiziqarli videolar yuklab turardim. Videolarni yuklaganimda köpçilik “videolaringiz zör, lekin suv belgisini olib taşlasangiz, yaxşi bölar edi”, derdi. Öşandan keyin Tsavebot'ni yaratganman.
“Bot reklamasi uçun pul sarflamadim”
— Kanallarimda bot haqida ma'lumot berdim. Döstlarimga botga kirib işlatib köringlar, deganman. Ya'ni reklamaga pul sarflamaganman. Yaqinlarimga tavsiya qilganman, ğoya köpçilikka yoqqani uçun undan foydalanişgan.
Bot yaratiş uçun dasturlaş tilini biliş kerak. Men Phyton dasturlaş tilini örganganman. Bu dasturlaş tili orqali köp narsa yaratsa böladi: men har xil botlar, sayt va dasturlar qilib körganman.










