Renault kompaniyasi Renault 4 avtomobil modeli uslubida işlab çiqilgan kvadrokopterni namoyiş qildi. E'tiborlisi, qurilma Renault 4 kuzovi nusxasi bilan jihozlangan va Renault Air4 deb nom olgan.

Konseptni fransuz kompaniyasi uçun TheArsenale kompaniyasi işlab çiqqan. Qurilma bir örindiqli bölib, ugleplastikdan işlangan. U siğimi 90 A-soatli 100 voltli litiy-polimer batareya va umumiy tortiş quvvati 380 kg bölgan 4 ta parrak bilan jihozlangan.

Renault Air4 kvadrokopteri 700 metrgaça balandlikka 4 m/soniya tezlik bilan kötarila oladi va gorizontal parvozda 90 km/soatgaça tezlikda uça oladi. Parvoz vaqtida qurilma 70 daraja burçakka egilişi mumkin.

Renault 4 maşinasi 1961 yildan 1992 yilgaça hamyonbop model sifatida işlab çiqarilgan, 2021 yilda maşinaning 60 yilligi munosabati bilan uning negizida yaratilgan bir neçta konsept-kar tayyorlangan.