«Bizda razvedka ma'lumotlari bor, hatto audio ma'lumotlar ham bor. U yerda Ukraina vakillari, aytaylik, Rossiya vakillari bilan Ukrainadagi davlat töntarişida Rinat Axmetovning iştiroki, milliard dollar jalb etilişini muhokama qilişgan», - deya ma'lum qildi Vladimir Zelenskiy 26 noyabr kuni Kiyevda bölib ötgan «Ukraina prezidentiga 30ta savol» matbuot marafonida.

Zelenskiyning aniqlik kiritişiça, undagi ma'lumotlarga köra, Axmetovning şaxsan özi davlat töntarişiga hozirlik körmayapti, biroq uni «RFning ayrim vakillari va ukrainalik ayrim örtoqlar» jalb etişmoqda.

«Men bu ma'lumotni Axmetovni menga, davlatga qarşi uruşga tortiş deb hisoblayman. Bu vaziyatni izdan çiqariş», deydi u.

Prezident va xavfsizlik xizmati ixtiyoridagi yozuvlarda Rinat Axmetovning ovozi yöq. Şuning uçun Zelenskiy uni yozuvlarni tinglaş va ma'lumot almaşiş uçun Bankovaya köçasidagi prezident ofisiga taklif qildi.

Prezident jurnalistlarning ehtimoliy davlat töntarişi tafsilotlari töğrisidagi savollariga javob berişdan boş tortdi va uşbu suhbat iştirokçilari familiyalarini aytmadi.

2005 yilda «Sistem kepital menejment» guruhining energetik aktivlarini boşqariş uçun asos solingan Donbass yoqilği-energetika kompaniyasi Ukrainaning yirik tadbirkori Rinat Axmetovga tegişli. Kreml Ukrainada davlat töntarişini taşkil etiş rejalarini rad etyapti.

Prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Zelenskiyning Ukrainada Rossiya iştirokida davlat töntarişi haqidagi bayonotini izohladi. «Rossiyada iştirok etiş böyiça heç qanday reja mavjud bölmagan. Rossiya bunday işlar bilan heç qaçon şuğullanmaydi», dedi u.