Navoiy şahri va Oltinsoy tumanlarida fuqarolarni öqişga kiritiş va öqişini köçirib beriş bilan boğliq jinoyatlar foş qilindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi U.Yo. fuqaro M. bilan uning singlisini 3 700 AQŞ dollari evaziga institutning boşlanğiç ta'lim yönalişiga öqişga kiritib qöyişga kelişgan. U 2 000 AQŞ dollari va 17 mln söm pulni olgan vaqtida departamentning Navoiy şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Şuningdek, Toşkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali talabalari N.K. va B.T. fuqaro S.ni Toşkent davlat agrar universiteti Termiz filialida ta'lim olayotgan qizining öqişini tanişlari yordamida Toşkent tibbiyot akademiyasiga köçirib berişiga işontirgan. Departamentning Oltinsoy tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda talabalar uşbu “xizmati” uçun 4 900 AQŞ dollarini qölga kiritganliklari aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.