Surxondaryoda o‘qishga kiritishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
|20:22 / 26.11.20214 1411 min
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘qishga kiritishini aytib o‘z mahalladoshining pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Illyustrativ fotoIllyustrativ foto
Ma'lum qilinishicha, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi L.Jonibek 2019 yil avgust oyidan 2019 yil dekabr oyigacha mahalladoshi I.Jamolni o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib Termiz shahrida 19,8 million so‘m pullarini olgan. So‘ng bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 5 noyabr kuni L.Jonibekka nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.