Bolalar guruhini taşkiliy taşiş
Bolalar guruhini taşkiliy taşişda yönalişli transport vositalaridan taşqari bölgan transport vositalari nazarda tutilmoqda. Bunda avtobus va mikroavtobuslar nazarda tutiladi. Çunki 2016 yil 1 martdan boşlab bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida taşiş taqiqlab qöyilgan. Bu judayam dolzarb masala edi.
Hozirda faqat kuzatuvçi nazoratida, old va orqa tomonlariga taniqlik belgilari örnatilgan holda, kunduz kuni yaqinni yorituvçi çiroqlar yoqqan avtobus va mikroavtobuslarda bolalarni taşiş mumkin.
Yönalişli transport vositalariga daxli bölmagan avtobuslarda 8 va undan ortiq bolalarning taşkiliy taşilişi – bolalar guruhini taşkiliy taşiş hisoblanadi.
Yönalişli transport vositalari
Yönalişli transport vositalari 4 turga bölinadi: avtobus, tramvay, trolleybus va yönalişli taksilar. Ularning öz qatnov yönalişlari va töxtaş joylari, ya'ni bekatlari böladi. Ularga muayyan imtiyozlar berilgan.
“Yöl harakati qoidalari”da yönalişli transport vositasiga quyidagiça ta'rif berilgan: Yönalişli transport vositasi – belgilangan yönalişi va bekatlari bölgan, yölovçi taşiş uçun möljallangan umum foydalanişdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yönalişli taksi).
Yönalişli transport vositalariga tegişli ayrim imtiyozlar bor. Masalan, 3.1 (Kiriş taqiqlangan) yöl belgisi örnatilişi juda ham favqulodda holatni bildiradi: bu yölda harakatlaniş bir tomonlama taşkil etilgan; lekin avtobus, tramvay, trolleybus va yönalişli taksilar yönalişi şu yöldan ötgan bölsa, harakatlanişlari mumkin. Şu bilan birga, bu transport vositalari kunduzi ham yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoqib harakatlanişlari kerak.
Yöl beriş
“Yöl harakati qoidalari”ga asosan, yöl beriş – yöl harakati qatnaşçilariga nisbatan imtiyozi bölgan boşqa yöl harakati qatnaşçisining harakat yönalişi yoki tezligini özgartirişga majbur etişi mumkin bölgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boşlamasligini, biror-bir manyovr bajarişi mumkin emasligini bildiruvçi talab.
Qoidalarda imtiyoz va yöl beriş degan tuşunça bor. Birinçisida harakatlanib kelayotgan avtomobil boşqa yölda harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan imtiyozga ega böladi. Ikkinçisini soddaroq qilib, xalaqit qilmaslik deb tuşuntiriş mumkin. Ya'ni imtiyozga ega transport vositasining harakatiga xalaqit qilmasdan, ularga yoki piyodalarga yöl bergan holda harakatni davom ettirişdir.







