Belgiyaning Antverpen şahridagi hayvonot boğida yaşovçi ikki begemotda koronavirus aniqlandi. Sciensano instituti olimlari ularning qay tarzda kasallik yuqtirganini anglaşga urinmoqda, deb yozadi Nieuwsblad naşri.
Qayd etilişiça, Imani va Germiyen laqabli begemotlarda koronavirusni Belgiya tibbiyot instituti olimlari aniqlagan.
«Jonivorlar qanday qilib infeksiya yuqtirgani tuşunarsiz bölib qolmoqda, ularga qaraydigan barça xodimlarda koronavirusga test manfiy bölgan», — deyiladi xabarda.
Jonivorlar kasallanganini ularning «sölak tupurayotganini» körgan zoopark veterinari payqab qolgan. Har ikki begemotda SOVID-19ga olingan test musbat çiqqan. Bu begemotlarda mazkur infeksiya aniqlangan ilk holatdir.








