6 dekabr kuni Oqörda qarorgohida Özbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Özbekiston va Qozoğiston davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jömart Töqayev faxriy qorovul oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini bir-biriga taniştirdilar.



Söng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bölib ötdi.
«Samimiyat va işonç ruhida ötgan uçraşuvda yetakçilar köp qirrali Özbekiston-Qozoğiston şerikligiga doir keng kölamli masalalarni, şu jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni körib çiqdilar, xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almaşdilar», deyiladi Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Qozoğiston prezidenti davlatimiz rahbarini taşrifi bilan qutlab, prezident saylovida işonçli ğalaba qozongani bilan yana bir bor tabrikladi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi, uşbu uçraşuvning muhim ahamiyatini alohida qayd etdi.

«Siz Qozoğistonga davlat taşrifi bilan kelganingizdan juda mamnunmiz. Hamkorlikni yangi darajaga olib çiqişda uşbu voqea juda muhim. Bugun imzolanadigan hujjatlar töplami şerikligimizga qöşimça sur'at bağişlaydi. Mamlakatlarimiz hukumatlariga barça sa'y-harakatlarni qöyilgan maqsadlarga erişişga qaratiş topşiriğini berişga kelişib oldik. Öylaymizki, mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşning jiddiy omili bölib xizmat qiladi», dedi Töqayev.
Özbekiston prezidenti taklif uçun minnatdorlik bildirib, uşbu uçraşuv Qozoğiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida ötayotganini ta'kidladi hamda Özbekiston xalqi nomidan birodar qozoq xalqini uşbu qutluğ sana bilan samimiy tabrikladi, tinçlik-osoyiştalik, ravnaq va yangi zafarlar tiladi.











