Toşkent şahar sudi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, 2021 yil 2 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida sudlanuvçi K.Ş.ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetgan va sud hukmi e'lon qilingan.
Hukmga köra, K.Ş. 2021 yil 18 sentyabr kuni Toşkent metropoliteni poyezdining vagonida JK 129-moddasining (16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Mahkumga iş haqining 20 foizi miqdori davlat daromadiga uşlangan holda 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (uşlab turiş, qamoqqa oliş yoki uy qamoği vaqtini hisobga oliş qoidalari) tartibida uzil-kesil ötaş uçun 1 yil 10 oy 21 kun muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi qoldirilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 sentyabr kuni Toşkent metropolitenining «Olmazor» bekatida 2008 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan A.E.ga nisbatan behayo harakatlar sodir etgan şaxs qidirilayotgani xabar qilingandi. Şundan söng, qidiruvga berilgan şaxs qölga olingandi.
IIV xabariga köra, K.Ş. 1989 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, hozirda Olmazor tumanida istiqomat qiladi, muqaddam Jinoyat kodeksining 166- (talonçilik), 169- (öğrilik) hamda 127-moddalarida (voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş) körsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uçun sudlangan.
Metrodagi voqeadan söng, Toşkentdagi jamoat transportlarida tegajoğlikka duç kelinganda xabar beruvçi tugmalar örnatildi.








