Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyatidagi savdo majmuasida yuzaga kelgan çaqnaş hodisasi böyiça ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, 2021 yil 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov şahri Mustaqillik köçasida joylaşgan ikki qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida çaqnaş sodir bölgan. Çaqnaş natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tuşgan. 

Yonğin-qutqaruv bölinmalari soat 04:02da voqea joyiga yetib borib, çaqnaş natijasida sodir bölgan yonğinni soat 04:25da öçirgan.

Çaqnaş natijasida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bölib, ular şahar şifoxonasiga yotqizilgan. 
  
Hodisa joyiga Özbekiston boş vaziri birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
   
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa idoralar vakillari kiritilgan. 
   
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

UPD: FVVning qöşimça ma'lumot berişiça, yonğin 28 daqiqa davomida öçirilgan. 30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv işlarida bir nafar fuqaro halok bölgani aniqlangan.