Markazning tantanali oçiliş marosimida Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Farhodjon Şermatov, Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliğining örinbosari polkovnik Iqbol Abdurahmonov, mehnat faxriylari va harbiy xizmatçilar iştirok etdi.
Xorazm viloyatidagi kuç tuzilmalarining jangovar tayyorgarlikdan amaliy maşğulot jarayonlarini ötkaziş uçun 4 ming gektar yer maydoniga ega bölgan Şimoli-ğarbiy harbiy okrugining «Yangiariq» umumqöşin poligoni barça qulayliklarga ega böldi.


Bölinmalarni çöl şaroitida tayyorlaş markazi faoliyatini samarali yölga qöyiş uçun poligon hududidagi harbiy topografiya, razvedka, otiş va tibbiy tayyorgarliklar, şuningdek yaşovçanlikni oşiriş xonalaridan iborat öquv binosi, körgazmali eksponatlardan iborat bölgan hamda amaliy maşğulotlarni olib borişga möljallangan ikkita yaşovçanlik şaharçasi, 150 örinli yotoqxona hamda markaz şaxsiy tarkibining xizmat xonalari ajratildi.
Bu dargohda bir vaqtning özida 50 nafar harbiy xizmatçi toifasidagi oddiy askar va serjantlar 14 kun davomida tahsil oladi. Öquv jarayonining 10 foizi nazariy, 90 foizi amaliy maşğulotlarni taşkil etadi. Ta'lim jarayoni qişki va yozgi mavsumlardan iborat.


Amaliy maşğulotlarni ötkazişga möljallangan Yaşovçanlik şaharçasida sahroda olov yoqiş, suv topiş va tozalaş hamda zaxirasini yaratiş, ov qiliş va oziq-ovqat zaxirasini ğamlaş, ovqat tayyorlaş, tibbiy yordam körsatiş, bölinmalarning joylaşuvi uçun pana joylarini jihozlaş hamda niqoblaş, kuzatuv işlarini olib boriş kabi öquv joylari barpo etilgan.








