Vazirlar Mahkamasining “Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi Çorvoq suv ombori atrofidagi hududlarni örmonlaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Toşkent viloyati hokimligi, Kadastr agentligining Böstonliq tumani davlat zaxira fondida bölgan 1 072 gektar, şu jumladan 651 gektar yaylov, 323 gektar örmonzorlar va 98 gektar boşqa yerlarni hamda 94 ta fermer xöjaliklarining 15 831 gektar, şu jumladan 24 gektar ekin yerlar, 101 gektar boğlar, 632 gektar böz yerlar, 279 gektar yaylovlar va 1 330 gektar boşqa yerlarni yangi örmonzorlar barpo qiliş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.

Toşkent viloyati hokimligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Kadastr agentligi, Qişloq xöjaligi vazirligiga Çorvoq suv ombori atrofidagi Böstonliq tumani davlat zaxira fondida bölgan 1 072 gektar, şu jumladan 651 gektar yaylov, 323 gektar örmonzorlar va 98 gektar boşqa yerlarni muhofaza qiliş va örmon barpo etiş maqsadida Burçmulla davlat örmon xöjaligi örmon fondi yerlari tasarrufiga doimiy foydalaniş uçun ötkazib beriş vazifasi topşirildi.

Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Toşkent viloyati hokimligiga Çorvoq suv ombori atrofidagi 16 903 gektar yerlarga bosqiçma-bosqiç hududga mos bölgan daraxt va buta köçatlari ekiş orqali hududni töliq örmonlaştiriş işlarini taşkil etiş vazifasi topşirildi.

Toşkent viloyati hokimligi Böstonliq tumani Böstonliq massividagi “Toşkent Agro Pilla” MÇJga qaraşli 313q, 314q va 317-konturlardagi 8 gektar yer maydonida köçatxona taşkil qiliş, dorivor ösimliklar yetiştiriş va sayyohlarni jalb qiliş maqsadida lavanda ösimligi ekiş uçun Burçmulla davlat örmon xöjaligiga ajratib berilişini ta'minlaydi.

Çorvoq suv ombori atrofidagi hududlarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rekreatsiya zonalari taşkil qiliş hamda hududda çorva mollari boqilişini qat'iyan taqiqlaş yuzasidan taklif kiritiladi. 

Çorvoq suv ombori atrofidagi fermer xöjaliklarining yer maydonlari örniga tumanlar davlat zaxirasidagi böş turgan yerlar istisno tariqasida tanlovlarsiz ajratib beriladi.