"Perfect Consulting Group” kompaniyasi 2016 yil may oyida biznes-konsultant, amaliyotçi, marketolog, reklama va savdo böyiça mutaxassis Gulyamov Ibrohim Ilhomoviç tomonidan taşkil etilgan.
Ibrohim Gulyamov sotuv hajmini oşiriş, mijozlar bilan işlaş va reklamadan unumli foydalaniş yönalişlarida şaxsiy brendini yarata olgan.
Intervyu va kouçingda iştirok etgan tadbirkorlar bilan suhbat jarayonigaça şaxsan özimda ham bu kabi kasb egalarining faoliyatiga işonçsizlik bor edi. Real hikoyalarni, kompaniyalarning körgan natijasi haqida xabardor bölib, munosabatim özgardi. Har bir işning ilmi bölgani kabi, foydali biznes qilişning ham ma’lum doirada öz ilmi borligi mavzuga içkariroq nazar taşlaganda oydinlaşib bordi.

Suhbatimiz avvalida Ibrohim Gulyamovdan konsalting firmaga asos solgan payti haqida söradik.
“Döstimning korxonasida işlab yurgan vaqtimda biznesni östiriş, rivojlantiriş haqida öqib-örganardim. Amalda qöllab sinab borardik. Sekin-sekin ijobiy natija bera boşlaganini sezgaç, boşqa kompaniyalarga tavsiyalar ulaşdik. Keyin bu yönalişni alohida biznesga aylantiriş ğoyasi keldi.
Eng birinçi mijozlarimizning biznesini östirişga juda köp harakat qilganmiz, lekin foyda kam bölgan. Keyin-keyin harakatlar biroz kamayib, natijaviylik ösib boraverdi. Bugungi kunga kelib, taxminan 3 ming nafar tadbirkor biznes kouçinglarimizda, umumiy hisobda 50 mingga yaqin kişi barça trening-ma’ruzalarimizda iştirok etdi”, – deydi u.

Biz körsatuvni suratga oliş uçun PCG boş ofisida ham böldik. Jami 60taça xodim işlaydigan kompaniyada sotuv bölimi, dizaynerlar, marketologlar va hisobçilar faoliyat yuritadi. E’tiborimizni tortgani şu böldiki, sotuv bölimida mijozlar bilan muloqot olib boruvçi mutaxassislar iş stolida közgu bölib, öz kayfiyatini suhbatlaşiş jarayonida körib, tabassum bilan xuşmuomala bölişga urinar ekan.
Ibrohim Gulyamovning esa şaxsiy xonasi yöqligi bizni hayron qoldirdi. Sababini quyidagiça izohlaşdi: “Kompaniya rahbarlarining işxonada alohida ofisi bölişi kerak emas. U özini kundalik muammolarni hal qilişdan ozod qilişi va asosiy e’tiborini rivojlanişga, yangi strategiyalar tuzişga sarflaşi lozim”.











