– Matbuot anjumani vaqtida IIV xodimlarining öziga xos reytingi haqida gapirdingiz. Şu haqda töliqroq ma’lumot bersangiz.

– Reyting tizimi xodimlarni moddiy rağbatlantiriş uçun işlab çiqildi. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga qarab reja belgilanadi. Masalan, IIV axborot xizmati tizimida 79 nafar xodim işlaydi. Ularning oy davomida qilgan işlari rejaga solinadi. Berilgan rejani bajargan mukofotlanadi, bajarmagan esa ogohlantiriladi. Hamma xodimning qilgan işi böyiça tayyorlangan şarh hisobot tariqasida vazirga olib kiriladi. Rejani bajarganlar maoşining 50 foizi miqdorigaça ustama olişi mumkin. Hamma boşqarmalarda talablar turliça.

– Özbekistonda oxirgi yillarda davlat idoralaridagi korrupsiyaning oldini oliş böyiça köp gapirilmoqda. Bu borada samarali usullardan biri davlat xizmatçisining maoşini oşiriş hisoblanadi. Siz aytayotgan reyting tizimi xodimlarning maoşiga ham ta’sir qiladi. Ayting-çi, içki işlar xodimlari hozirda qança maoş olişmoqda?

– Içki işlar organi xodimlarining maoşi oşirilgan. Yangi xodim 4 million sömdan köproq oylik oladi. Xodimlar faoliyati davomida qilgan işiga qarab 15-20 million sömgaça oylik maoş olişi mumkin.

– Içki işlar tizimidagi axborot xizmatlari ölim bilan tugagan yöl-transport hodisalari haqida töliq ma’lumot bermayotgandek. Ya’ni ölim bilan tugagan holatlar ijtimoiy tarmoqda tarqalib bölgaçgina rasmiy ma’lumot berilmoqda. Aslida siz uçun barça ölim holatlari haqida ma’lumot berib, ularni tahlil qilgan töğri emasmi?

– Albatta, ölim bilan tugagan yöl-transport hodisasi tahlil qilinadi, bu borada heç qanday hodisa e’tibordan çetda qolmaydi. Siz aytayotgan masala holatlarni axborot tariqasida yetkaziş bilan boğliq. Ha, biz ölim bilan tugagan, qörqinçli, dahşatli holatlar haqida axborot tarqatişdan tiyilamiz. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgaç esa ular haqida rasmiy ma’lumot berişga majburmiz. Ammo yuqoridagi kabi holatlarning hammasini berişdan tiyilişimiz rost.

Ötkir Jalolxonov suhbatlaşdi.

Tasvirçi va montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.