Laosning Boten va Ventyan şaharlari örtasida temir yöl uçastkasi foydalanişga topşirilişi hisobiga temir yöl transporti tarixidagi eng uzun yönaliş paydo böldi. Endilikda Portugaliya poytaxti Lissabondan Singapurgaça bölgan 18,65 ming kilometrlik yölni poyezdda Parij, Moskva va Pekin orqali 3 haftada bosib ötiş mumkin böladi, deb xabar berdi The Times naşri.
Laos uçun uşbu yönalişning oxirgi qismini Xitoy “Bir kamar, bir yöl” dasturi doirasida qurib berdi. 414 kmlik yölni qurişga 5 yil vaqt va 6 mlrd dollar sarflangan. Uşbu temir yöl qismining paydo bölişi Hindixitoy yarimorolida dengizga çiqişga ega bölmagan yagona davlat – Laos bilan nafaqat boğlaniş imkoniyatini berdi, balki uning hisobiga dunyodagi eng uzun temir yöl yönalişi paydo böldi.
Uşbu yönaliş Portugaliyadan Singapurgaça 13 ta davlat hududidan ötadi. Yönalişni Portugaliyaning Laguş şahridan boşlaş mumkin. U yerdan poyezdda Lissabongaça, söngra Madridgaça boriş, Ispaniya poytaxtidan esa yana boşqa poyezdda Parijgaça va yönalişni şu tariqa davom ettiriş mumkin.
Rossiya hududi orqali yönaliş Transsibir magistrali orqali ötib, söngra Möğulistonni kesib ötadi va Xitoy tomon yönaladi.
The Times’ning hisob-kitoblariga köra, bir poyezddan ikkinçi poyezdga yoki bir vokzaldan ikkinçi vokzalga ötiş hamda ba’zi şaharlar orasida poyezdlar har kun qatnamasligi va şu sababli kerakli poyezdni kutişga töğri kelişini hisobga olsa, butun yönalişni ötiş uçun 3 hafta vaqt ketadi. Şu bilan birga, yönalişning ba’zi joylarida yuqori şinamlikdagi, ba’zi joylarida esa tezyurar poyezdlarda, yana boşqa joylarida esa, misol uçun Taylanddagi kabi, har bir qişloqda töxtaydigan şaharorti poyezdlarida yurişga hamda Taylanddagi 20 kmlik qismni avtobusda bosib ötişga töğri keladi.
Xalqaro temir yöl taşuvlari böyiça ekspert Mark Smitning ta’kidlaşiça, uşbu yönaliş talabgir böladi, biroq köpçilik yölovçilar uni Laguşdan emas, balki Lissabondan yoki hattoki Londondan boşlaşni afzal körişlari mumkin. Yönalişni Londondan boşlovçilar Parijgaça borib, söngra u yerdan yöllarini davom ettirişlari mumkin böladi.








