Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi «Iqtisodiyot tarmoqlari uçun muhandis kadrlarni tayyorlaş tizimini innovatsiya va raqamlaştiriş asosida tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari» töğrisidagi qarorida TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetini transformatsiya qiliş va kompleks rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan taşkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinçi 1000 talik röyxatga kiritiş vazifalari belgilangan.

Bu borada 2021 yilning 15 dekabr kuni QS xalqaro reyting agentligining «Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining (QS World University Rankings: Emerging Europe and Central Asia)” 2022 yilgi reytingi e’lon qilindi.

Unda Özbekiston tarixida birinçi bölib reytingga kirgan  TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti 2021 yilgi reytingda 271 örin egallagan bölsa, 2022 yilgi reytingda 60 poğona yuqorilab,  211-örinda qayd etildi.

Quvonarlisi şundagi, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reyting körsatkiçlarini yildan yilga oşirib bormoqda, ya’ni 2020 yilda 334-örinda, 2021 yilda 271-örinda va 2022 yilgi reytingda 211-örinni qayd qilib, QS World University Ranking YeYeSA’ning 47 foizlik eng ilğor universitetlari qatoridan joy oldi.

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti axborot xizmati Ⓣ