Bugun, 20 dekabr kuni soat 07:50da Toşkent şahar Uçtepa tumani Farhod köçasida «Örikzor-Dömbirobod» 125-yönalişda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yonğin sodir bölgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56da yetib borib, yonğin soat 08:00da öçirilgan.
Yonğin oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bölganlar yöq.
Hozirda mutaxassislar tomonidan yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, 14 dekabr kuni Toşkent şahar Sergeli tumanida 47-yönalişda qatnaydigan avtobusda yonğin çiqqandi.








