20 dekabr kuni Toşkent yoşlar forumining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Forum – ötgan yili ilk bor ötkazilgan Toşkent yoşlar forumining davomi sifatida taşkil etildi. Oçiliş marosimida sözga çiqqan Jahongir Ortiqxöjayev yoşlar forumi an’anaga aylanganini aytdi.

“Bu xalqaro tadbirga aylanmoqda deyişim mumkin. Forumda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan çet el elçilari va vakolatxonalarining vakillari iştirok etmoqda. Bundan taşqari, qöşni davlatlardan yoşlar vakillari taşrif buyurgan. Ikki kun davomida ötkaziladigan forum doirasida siz yoşlar davlat boşqaruvi organlarining rahbarlari, yuqori natijalarga erişgan tadbirkorlar, elçilar va xorijlik yoşlar bilan oçiq muloqotlarda qatnaşiş imkoniyatiga ega bölasiz”, – dedi şahar hokimi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yil 15 mingga yaqin yoşlar forumda iştirok etiş xohişini bildirgan.

Ötgan yilgi forumda esa 10 ming yoş röyxatdan ötgandi.

Şuningdek, Jahongir Ortiqxöjayev jurnalistlar bilan uçraşuvda forumga ajratilgan pullar tadbirlar yakunlangaç e’lon qilinişini bildirdi. 2020 yilda Toşkent yoşlar forumiga mahalliy budjetdan 2 mlrd sömga yaqin mablağ ajratilgandi. Bu umumiy xarajatlarning 30 foizini taşkil qilişi, qolgani homiylar kömagida amalga oşirilgani aytilgandi.












