“Transformatsiya” körsatuvining navbatdagi soni asosan kompaniya va firmalar rahbarlariga boşqaruvdagi eng muhim nuqtalarni eslatib ötadi.
Biznes-trener Ibrohim Gulyamovdan omadli biznesga asos soliş haqida körsatmalar
Omadli biznesga ega böliş oson emas. Özbekistonda ham bunga erişa olgan va bu boradagi bilimlarini boşqalar bilan bölişa oladigan biznesmenlar sanoqli darajada. “Transformatsiya” körsatuvining navbatdagi soni köp sonli muştariylarning talablariga binoan "Perfect Consulting Group” kompaniyasi rahbari, biznes-konsultant, amaliyotçi, marketolog, reklama va savdo böyiça mutaxassis Ibrohim Gulyamov bilan taşkil etildi. Suhbatda işçi kuçi qabul qilişda, biznesning yurişib ketişida taşkil qilinadigan tizim haqida bildirilgan fikrlar barça tadbirkor hamda bu faoliyatni boşlaş niyatida bölganlar uçun qimmatli maslahatlar berildi.

“Biznesda taniş-bilişçilik biznes rivojiga salbiy ta’sir qiladi”
Tadbirkorning fikriça, xususiy biznesda taniş-biliş, qarindoşçilik yo muvaffaqiyat, yo eng katta muvaffaqiyatsizlik bölişi mumkin: “Bizda tadbirkorlar aksariyat holatlarda öz yaqinlarini, qarindoşlarini işga olişadi. Lekin uning yaxşi faoliyat körsatmasligi boşqalarga ham yomon örnak bölib, iş susayişiga olib keladi. Uni işdan haydaş özaro insoniylik jihatdan töğri kelmasligi, haydamaslik esa korxona obröyi va işga salbiy ta’sir qiladi”.
Tadbirkorlar xodimlarni işga qabul qilişda yöl qöyadigan xatolar ustida ham töxtalib ötdi. Xodimlarni notöğri tanlaş va ularni öz joyiga qöymaslik tadbirkorni nafaqat biznesdagi muvaffaqiyatlardan, balki şaxsiy hayotidagi erkinlikdan ham ayirişi mumkin.

“Hammasini özi bajarişni istagan tadbirkorning biznesi “buksovat” qiladi ”
“Biznes egalari tomonidan biznesning yurişmasligiga, bir joyda “depsinib” qolişiga sabab böluvçi omillar - ular hamma jarayonda iştirokçi bölişlaridir. Tadbirkordagi qörquv hamma işni özi bajariş yoki iştirok etiş uçun urinişga sabab böladi. Biznes egasining har bir örinda aralaşuvi esa biznesning yurişiga xalaqit beradi. Rahbar boşqaruvçi bölişi va jarayonda uning iştiroki minimal bölişi lozim”.






