Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda Rossiyadan olib kelinayotgan ov quroli va o‘qlar to‘xtatib qolindi
Navoiy xalqaro aeroportida fuqaro Rossiyadan tegishli hujjatlarsiz ov quroli va uning o‘qlarini olib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz'ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Novosibirsk-Navoiy” yo‘nalishi bilan Rossiya Federatsiyasidan uchib kelgan fuqaro I.Z.ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Jarayonda yo‘lovchi tegishli ruxsatnomasiz 25 dona 16 kolibrli o‘qotar ov quroliga mo‘ljallangan “Tulammo” nomli o‘q hamda 1 dona miltiq qo‘ndog‘ini olib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiyda haydovchi mashinasida to‘pponcha olib yurgani aniqlangandi.
Mavzuga oid
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
11:44 / 22.05.2026
“Talafotlar dron orqali o‘rganilyapti” – Navoiyda sel oqibatlari
18:48 / 21.05.2026