Özbekiston Milliy universitetining Nodir qölyozmalar muzeyida saqlangan önlab nodir qölyozmalar va qadimiy kitoblar yöqolgan bölişi mumkinligi haqida xabarga hamon oydinlik kiritib bölmayapti.

Kun.uz'ga yetib kelgan murojaatda ÖzMU ixtiyorida bölgan XIII asrga oid Abu Bakr Sobuniyning qölyozma asari, Şarafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan «Muqaddimai Zafarnoma» qölyozma kitobi, Alişer Navoiyning tilla suvi yuritilgan «Xamsa» dostoni va boşqa köplab nodir qölyozmalar yöqolgani taxmin qilingandi.

Universitet rahbariyati esa bu qölyozmalar yöqolmaganini ta’kidlamoqda. Kun.uz kitoblar taqdiri bilan qiziqib, 4 marta universitetga bordi. Ammo sayt vakillariga kitoblar körsatilmadi, ularning qayerdaligi haqida ham aniq ma’lumot berilgani yöq.

Voqealar rivoji

23 dekabr kuni Kun.uz'da ÖzMUdagi nodir qölyozmalar masalasida suriştiruv e’lon qilindi va bu keng jamoatçilik muhokamalariga sabab böldi. 24 dekabr kuni Boş prokuratura bu holat örganilayotganini, natijasi yuzasidan alohida xabar berilişini bildirdi.

Xuddi şu kuni Milliy universitet rahbariyati qiziq işga qöl urdi. Suriştiruv ötkazib, muammoni kötarib çiqqan naşr – Kun.uz qolib, televideniye va boşqa internet naşrlar vakillari çaqirildi va ularga bir neça kitoblarni olib çiqib, bular öşa «yöqolgan yoki sotib yuborilgan» deb aytilayotgan nodir kitoblar ekanini aytib, ular yöqolmaganiga işontirmoqçi bölişgan. 

Quyidagi suratlarda boşqa boşqa kitoblar aks etganini köriş mumkin: 

Şarafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan «Muqaddimai Zafarnoma» asari qölyozmasi.
Foto: ÖzMU kutubxonasi (arxiv)