26 avgust kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudida Özbekiston Milliy universitetidan yöqolgan nodir kitoblarga doir sud işi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, sud jarayonlari bilan bir vaqtda tergov ham davom etmoqda. Şu sababli sudya sud jarayonini hozirça tasvir va audio orqali yozib olişni rad qiliş böyiça ajrim çiqardi.
Guvohlarning köpligi va iş hajmining kattaligi sababli sud jarayoni uzoqqa çözilişi mumkin. Xususan, bugungi sud jarayonida ham guvohlarni tinglaş uçun vaqt yetmagani sababli majlis keyinga qoldirildi.

Boş prokuratura matbuot xizmati boşliği Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, ayni vaqtda Milliy universitet Axborot-resurs markazi direktoriga nisbatan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Şuningdek, jinoyat işi böyiça hujjatli taftiş va boşqa tergov harakatlari yakuniga köra, boşqa markaz xodimlarining harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.
Milliy Universitet axborot resurs markazi direktori Irina Kislitsina(ayni vaqtda ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan)ning qizi Svetlana Nişanbayeva onasi bu kitoblarning yöqolişiga aloqasi yöqligini bildirib, yordam sörab prezidentga murojaat qilgan.
«Onam nodir qölyozmalar uçun mas’ul bölmagan, balki kitoblar muzeyni ta’mirlaş vaqtida boşqa joyga köçirilganda ularni yetarliça şaroitlarda saqlanmayotgani haqida bir neça bor rahbariyatni ogohlantirgan ham», - deydi ayblanuvçining qizi.
Eslatib ötamiz 2019 yildagi ta’mirlaş işlaridan söng Özbekiston Milliy universitetining nodir qölyozmalar saqlanadigan muzeyi faoliyati tiklanmagan. 2021 yil 23 dekabr kuni Kun.uz u yerdagi qimmatbaho va öta nodir hisoblangan 100dan ortiq kitoblar sotib yuborilgan bölişi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Xabardan bir kun ötib, holatni Boş prokuratura örgana









